O‘zbekiston | 07:30 / 05.01.2023
6590
1 daqiqa o‘qiladi

Tashqi savdo aylanmasi yuqori bo‘lgan hududlar ma’lum qilindi

2022 yilning 11 oyida qaysi hududning tashqi savdo aylanmasi yuqori bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

2022 yilning yanvar-noyabr oylarida hududlar kesimida tashqi savdo aylanmasi hajmida (AQSh dollari) Toshkent shahri birinchi o‘rinni egalladi — 17,6 mlrd dollar.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, undan keyingi o‘rinlardan tashqi savdo aylanmasi mos ravishda 5 mlrd dollar hamda 3,8 mlrd dollarni tashkil etgan Toshkent viloyati va Andijon viloyati joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:

  • Samarqand viloyati — 2,2 mlrd;
  • Farg‘ona viloyati — 1,9 mlrd;
  • Namangan viloyati — 1,2 mlrd;
  • Buxoro viloyati — 1,1 mlrd;
  • Navoiy viloyati — 1,1 mlrd;
  • Xorazm viloyati — 732,8 mln;
  • Sirdaryo viloyati — 732 mln;
  • Jizzax viloyati — 628 mln;
  • Qoraqalpog‘iston R. — 550,4 mln;
  • Qashqadaryo viloyati — 499,5 mln;
  • Surxondaryo viloyati — 344 mln.

Mavzuga oid