Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina birinchi marta g‘arb namunasidagi tanklarni oladi
Ukraina birinchi marta g‘arb namunasidagi tanklarni oladi, deb xabar berdi mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy.
«Fransiya Ukrainaga Yevropaning mudofaa yordamini yangi bosqichga ko‘tarmoqda va men prezident Makronga bu yetakchilik uchun minnatdorchilik bildiraman. Biz ko‘proq zirhli texnika, jumladan, Fransiyada ishlab chiqarilgan g‘ildirakli tanklarni olamiz», dedi Zelenskiy kechki videomurojaatida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yelisey saroyi Fransiya Ukrainaga AMX-10 RC zirhli transport vositalarini yetkazib berishi haqida xabar bergan edi, ular «yengil tanklar» deb ham ataladi.
«Bu bizning barcha hamkorlarimizga aniq signal beradi: hozirgacha Ukrainaga g‘arb namunasidagi tanklar yetkazib berilmaganiga hech qanday mantiqiy sabab yo‘q», - deya ta’kidladi Volodimir Zelenskiy.
Ukraina rahbari zamonaviy g‘arb zirhli mashinalari va tanklarini yetkazib berishni 2023 yilda «g‘alaba qozonish uchun asosiy imkoniyat», deb atadi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025