Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ukrainaga eng katta harbiy yordam paketini ajratdi
Uning qiymati qariyb 3 milliard dollarga baholanmoqda.
Foto: AP / Alex
AQSh Ukrainaga harbiy yordamning yangi, eng katta paketini ajratdi, deb yozdi Associated Press AQSh rasmiylariga tayanib.
«Pentagon o‘z zaxiralaridan qiymati taxminan 2,85 milliard dollarlik harbiy texnikani ajratib, Ukrainaga yuboradi. Bu harbiy yordam paketining eng kattasidir», deyiladi xabarda.
Kiyevga harbiy yordamning yangi paketi 6 yanvar kuni e’lon qilinadi va u 50 ga yaqin Bradley piyoda askarlar jangovar mashinasini o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari, maqsadli yordam paketiga Humvee harbiy mashinalari, MRAP ko‘p maqsadli transport vositalari hamda «katta miqdordagi» raketalar va boshqa o‘q-dorilar kiradi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025