Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Yelenovkadagi portlashni tergov qilish missiyasini tarqatib yubordi
Yelenovkadagi koloniyada ukrainalik harbiy asirlarning o‘limini tekshirish bo‘yicha BMT missiyasi xavfsizlik kafolatlari yo‘qligi sababli tarqatib yuborilishiga qaror qilindi.
Birlashgan millatlar tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish Yelenovkadagi koloniyada ukrainalik harbiy asirlarning o‘limi holatlarini o‘rganish bo‘yicha tuzilgan BMT missiyasini tarqatib yuborishni buyurdi, deb xabar beradi Reuters 5 yanvar, payshanba kuni. Qaror missiya ishtirokchilari xavfsizligi uchun zarur kafolatlar va «missiyani joyida joylashtirish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar» yo‘qligi tufayli qabul qilindi, deb tushuntirdi BMT vakili Stefan Dyujarrik.
Faol urush zonasida bunday «qiyin, nozik va xavfli missiya har ikki tomondan xavfsizlik va u yerda bo‘lishning aniq kafolatlarini» talab qiladi», dedi u. «Biz ularni olgandek his qilmadik», dedi Dyujarrik, qaysi tomon kafolatlari haqida gapirayotganini aniqlashtirmay.
«Biz kelajakda kerakli sharoitlar paydo bo‘lishiga umid qilishimiz mumkin va albatta, tegishli xavfsizlik kafolatlari borligini his qilishimiz bilanoq, jamoani qayta yig‘ishga tayyormiz», dedi BMT vakili.
O‘tgan yilning iyul oyi oxirida o‘zini «DXR» deb atagan hududda joylashgan Yelenovka qishlog‘idagi sobiq 120-sonli axloq tuzatish koloniyasi kazarmalaridan birida portlash sodir bo‘lgan edi. O‘sha paytda koloniyada ukrainalik harbiy asirlar saqlangan. Portlash oqibatida 53 kishi halok bo‘ldi, 73 kishi yaralandi.
Rossiya va Ukraina portlashda bir-birini aybladi. Moskvaning da’vo qilishicha, mahbuslar Ukraina tomonidan Amerikaning HIMARS yalpi o‘t ochish reaktiv tizimidan berilgan raketa zarbasi natijasida halok bo‘lgan. Kiyev buni qat’iyan rad etdi va portlash koloniya ichida termobarik qurol – havoga aerozol purkaydigan, so‘ngra alangalanadigan va portlatiladigan o‘q-dorilarni qo‘llash natijasida sodir bo‘lgan, deb hisobladi.
Amerikaning CNN teleradiokompaniyasi avgust oyida o‘z tekshiruvi natijalarini e’lon qildi. U bilan suhbatlashgan ekspertlar Yelenovkadagi hujumdan oldin va keyin mavjud bo‘lgan video va fotosuratlarni tahlil qilib, voqealarning ruscha versiyasi o‘ylab topilgani, binoning HIMARS raketasi bilan urilgani ehtimoli deyarli yo‘q ekanini aytishdi.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
23:35 / 14.05.2025