Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina mudofaa vaziri: NATOning o‘zi bizga alyansga kirishni taklif qiladi
Ukraina Rossiya bilan urushda g‘alaba qozonganidan so‘ng NATOning o‘zi Kiyevga Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo bo‘lishni taklif qiladi. Bunday fikrni Ukraina Mudofaa vazirligi rahbari Oleksiy Reznikov bildirdi.
«Albatta, ular bizning g‘alabamizdan oldin bu siyosiy qarorni konsensus yo‘li bilan qabul qilishmaydi. Bu tushunarli, chunki qarshi ovoz beradigan davlatlar bo‘ladi. G‘alabadan keyin NATO davlatlari birinchi navbatda xavfsizlik arxitekturasini qurishdan manfaatdor bo‘ladi, ular zaif tomonlarini ko‘rdilar, kim kuchli va kuchli ekanligini ko‘rdilar», dedi Reznikov «Yedinyye novosti» milliy telemarafonida.
«Bugun ular bizga o‘rgatyapti, ammo bizning harbiylarimiz ularga ruslarga qarshi qanday kurashishni o‘rgatadi. Rossiya NATO va butun Yevropa uchun tahdidlardan biri bo‘lib qolmoqda. U qasos olish rejalaridan voz kechmaydi. Shuning uchun biz har doim urushga tayyor bo‘lishimiz kerak. Agar biz tayyor bo‘lsak, ular takrorlay olmaydi», — deya qo‘shimcha qildi vazir.
Bundan oldin Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov videomurojaatida Rossiya 2023 yil yanvar oyi boshida harbiy holat joriy etishga va erkaklar uchun chegaralarni yopishga tayyorlanayotganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025