Virusologlar yangi turdagi «kraken» koronavirusining xususiyatlarini ma’lum qilishdi
U «omikron» oilasiga mansub bo‘lib, og‘ir kasallikni keltirib chiqarmaydi.
Yangi turdagi «kraken» koronavirusi avvaldan ma’lum bo‘lgan «omikron» shtammiga o‘xshaydi, chunki uning variantlaridan biri hisoblanadi va alohida xususiyatlarga ega emas, deb yozdi RBK.
«Kraken» oldingi mutatsiyalardan juda oz farq qiladi va u ham «omikron» hisoblanadi. Lekin u «omikron»ning evolyutsiyasi emas. Bu allaqachon virusning parallel evolyutsiyasi, o‘zgarishlari. Ammo, aftidan, u og‘ir kasalliklarni keltirib chiqarmaydi», dedi Rossiyaning Mechnikov nomidagi Vaksinalar va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti direktori Vitaliy Zverev.
Virusolog so‘zlariga ko‘ra, bu turning yagona muhim jihati - «omikron»ning ilk variantlari bilan kasal bo‘lganlarga yuqish qobiliyati bo‘lishi mumkin. Biroq, baribir «kraken» yuqtirgan bemorlarda kasallik yengil kechadi.
«Hozir koronavirusning barcha mavjud variantlari «omikronlar» va uning «qarindoshlari». Jumladan, «kraken» ham. Hozircha, baxtimizga, yuqori patogen shtamm paydo bo‘lishiga olib keladigan mutatsiya sodir bo‘lmadi. Koronavirus evolyutsiyasi «yanada yuqumli, ammo tobora zararsiz» yo‘ldan ketdi. Barcha variantlar (kraken, tserber, kentavr) mana shu kategoriyaga bo‘ysunmoqda», dedi virusolog, Moskva davlat universiteti professori, biologiya fanlari doktori Aleksey Agranovskiy.
Virusolog so‘zlariga ko‘ra, «kraken» ham boshqa «omikron»larning bir qator xususiyatlariga ega.
«Kraken» (SARS-CoV-2 XBB.1.5 kichik turi) birinchi marta 2022 yil 22 oktyabrda AQShda aniqlandi. Kasalliklar profilaktikasi va nazorati bo‘yicha Yevropa markazi (ECDC) ma’lumotlariga ko‘ra, u juda tez tarqala boshladi. Yangi tur allaqachon Daniya, Fransiya, Avstriya, Niderlandiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Shvetsiya, Islandiya, Belgiya, Chexiya, Portugaliya va Irlandiyada aniqlangan.
Mavzuga oid
18:52 / 19.09.2024
Koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda aniqlanmadi - SSV
23:06 / 04.09.2024
JSST: Xitoy barcha ma’lumotlarni taqdim etmaguncha COVID-19 pandemiyasi sababini aniqlab bo‘lmaydi
22:49 / 24.05.2024
2020-2021 yillarda COVID-19 pandemiyasi oqibatida vafot etganlar soni ma’lum qilindi
22:04 / 20.05.2024