2020-2021 yillarda COVID-19 pandemiyasi oqibatida vafot etganlar soni ma’lum qilindi
Koronavirus 2020 yilda o‘limning eng ko‘p uchraydigan sabablari orasida uchinchi, 2021 yilda esa ikkinchi o‘rinni egalladi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hisobotiga ko‘ra, 2020 va 2021 yillarda COVID-19 pandemiyasi mos ravishda 4,1 million va 8,8 million kishining o‘limiga sabab bo‘lgan. Koronavirus 2020 yilda o‘limning eng ko‘p uchraydigan sabablari orasida uchinchi, 2021 yilda esa ikkinchi o‘rinni egalladi.
Hisobotda qayd qilinishicha, COVID-19 tufayli o‘rtacha umr ko‘rish ikki yil ichida 1,8 yilga qisqardi va 2012 yil darajasida 71,4 yoshni tashkil etdi. 2021 yilda «global sog‘lom umr ko‘rish davomiyligi» 1,5 yilga qisqarib, 61,9 yoshni tashkil qildi.
Ta’kidlanishicha, pandemiyaning oqibatlari butun dunyo bo‘ylab notekis sezilmoqda. Amerika va Janubi-Sharqiy Osiyo eng ko‘p zarar ko‘rdi, 2020-21 yillarda o‘rtacha umr ko‘rish taxminan uch yilga qisqardi va sog‘lom umr ko‘rish ikki yarim yilga qisqardi.
JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus global sog‘liqni saqlash sohasida, jumladan, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish orqali salomatlik taraqqiyoti va mustahkamlanishi kuzatilayotganini ta’kidladi.
«Ammo biz taraqqiyot naqadar zaif ekanligini tan olishimiz kerak. Ikki yil ichida COVID-19 pandemiyasi umr ko‘rish davomiyligining o‘n yillik o‘sishini yo‘q qildi», dedi tashkilot rahbari.
2024 yil bahorining ikkinchi yarmida, ayrim mamlakatlarda olimlar COVID-19 bilan kasallanishning sezilarli o‘sishini qayd eta boshladilar. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, o‘sishning aksariyati FLiRT virusi varianti bilan bog‘liq, u Omicron versiyasi nasl-nasabining bir qismidir.
Olimlar FLiRT varianti kovidning yozgi to‘lqiniga olib kelishi mumkinligini istisno qilmaydi. Ammo pandemiyaning qaytishi haqida gapirishga o‘rin yo‘q. Hozircha virus aholining zaif qatlamlari uchun xavf tug‘dirmoqda.
Mavzuga oid
19:15 / 15.11.2024
JSST: 2018 yildan beri dunyoda tibbiyot muassasalariga 7,4 mingdan ortiq hujum uyushtirildi
18:19 / 13.11.2024
JSST maktab o‘quvchilariga yuklama ortib borayotganidan xavotirda
18:52 / 08.11.2024
Har yili dunyoda 1 milliarddan ortiq bola zo‘ravonlikka duchor bo‘lmoqda - JSST
17:48 / 01.11.2024