Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shoygu yadroviy triadani Rossiya suverenitetining asosiy kafolati deb atadi
Rossiya yadroviy triadani rivojlantirishda davom etadi, shuningdek, aerokosmik kuchlarning jangovar imkoniyatlarini mustahkamlaydi, dedi Rossiya mudofaa vaziri Shoygu.
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu strategik yadroviy kuchlarni Rossiya suverenitetining asosiy kafolati deb atadi. «Biz yadroviy triadani rivojlantirishda va uning jangovar tayyorgarligini saqlab qolishda davom etamiz, chunki yadro qalqoni davlatimiz suvereniteti va hududiy yaxlitligining asosiy kafolati bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi», dedi u 10 yanvar, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan konferensiya chog‘ida.
Bundan tashqari, Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya rahbariyati aerokosmik kuchlarning jangovar imkoniyatlarini kuchaytirish niyatida. Uning tushuntirishicha, gap qiruvchi va bombardimonchi samolyotlarning zamonaviy havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlaridan foydalanish sohasidagi ishi, shuningdek, jangovar dronlarni takomillashtirish haqida ketmoqda.
Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, shuningdek, «shaxsiy tarkibning jihozlari va taktik asbob-uskunalarni imkon qadar tezroq eng yuqori darajaga yetkazish» zarur. «Biz nazorat va aloqa tizimini takomillashtirishimiz kerak. Buning uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan faol foydalanamiz», - dedi u.
Rossiya yadroviy triadasiga strategik raketa kuchlari, strategik aviatsiya va yadroviy suvosti raketa tashuvchilar kiradi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025