O‘zbekistonda sayyohlik xizmatlarining eng katta hajmi Toshkentda qayd etildi
O‘tgan yil yanvar-noyabr oylari yakunlariga ko‘ra, sayyohlik agentliklari va turoperatorlar bron qilish hamda va tegishli sayyohlik xizmatlar ko‘rsatish eng katta hajmi Toshkent shahrida qayd etildi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 302,2 milliard so‘mni tashkil etdi.
Xorazm (30,3 mlrd so‘m), Samarqand (26,4 mlrd so‘m), Farg‘ona (10,6 mlrd so‘m), Buxoro (13,3 mlrd so‘m), Namangan (8,4 mlrd so‘m) va Toshkent (8,4 mlrd so‘m) viloyatlari ham o‘z ko‘rsatkichlari bilan ajralib turdi.
Boshqa hududlarda sayyohlik xizmatlari ko‘rsatish hajmi 5 milliard so‘mga ham yetmagan.
O‘zbekistonda sayyohlik agentliklari, turoperatorlar tomonidan ko‘rsatilgan barcha xizmatlarning hajmi hammasi bo‘lib 415,3 milliard so‘mni tashkil etdi.
Mavzuga oid
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
10:47 / 08.11.2024
Toshkentda ayrim ko‘chalar yopilishi haqidagi xabarlar rad etildi
16:17 / 07.11.2024
“Toshkent shahri atrofidagi issiqxonalarning 60 foizi ko‘mir, rezina shinalar yoqyapti” – Ekologik partiya
20:44 / 06.11.2024