Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada ikkinchi «yengilmas o‘tov» paydo bo‘ldi
Qozog‘iston aholisi Ukrainada 6 ta issiqlik punkti qurmoqchi, bu esa Rossiya Tashqi ishlar vazirligini g‘azablantirmoqda. Birinchi o‘tov Buchada, ikkinchisi - Kiyevda paydo bo‘ldi, yana 4 tasi navbat bilan quriladi.
Kiyevdagi Taras Shevchenko bog‘ida «yengilmas o‘tov» - qozoq diasporasi tomonidan qurilgan yig‘iluvchi uy paydo bo‘ldi, u yerda Rossiya o‘qqa tutilishi oqibatida elektr uzilib qolganda isinish, choy ichish va uyali telefonni quvvatlantirish mumkin. «Ukraina segodnya» telegram-kanalida 12 yanvar, payshanba kuni o‘tov qurilishi haqida videoreportaj paydo bo‘ldi, uning rasmiy ochilishi 14 yanvarga rejalashtirilgan.
Bu ikkinchi «yengilmas o‘tov». Birinchisi 6 yanvar kuni Buchada qurilgan va uning ochilishi Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Qozog‘iston rasmiylariga nisbatan tanqidiga sabab bo‘lgan. Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Qozog‘iston rasmiylarining uning qurilishida ehtimoliy ishtiroki «Rossiya-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoq»ga zarar yetkazishi mumkinligini aytdi va Ostonadan rasmiy izoh so‘radi.
Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Aybek Smadiyarov «Radio Azattyk»ga bergan intervyusida Qozog‘iston elchixonasining o‘tov qurilishiga aloqasi yo‘qligini, bu shaxsiy tashabbus ekanini aytdi. «Biz bu o‘tovni o‘rnatishda hech qanday muammo ko‘rmayotganimiz uchun bu borada alohida fikr bildirishni shart emas, deb hisoblaymiz. Aksincha, o‘tovimiz borligidan faxrlanamiz», — dedi u.
O‘tov qurilishida ishtirok etgan qozog‘istonlik faolning so‘zlariga ko‘ra, xuddi shunday o‘tovlar Lviv, Odessa, Xarkiv va Cherkassda paydo bo‘ladi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025