Jahon | 09:00 / 14.01.2023
4665
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Germaniyada mudofaa vaziri almashtirilishi mumkin

Nemis nashrlari hukumatdagi manbalarga tayanib, Germaniya mudofaa vaziri Kristin Lambrext tez orada iste’foga chiqishi mumkinligi haqida xabar bermoqda. U bir necha bor ommaviy axborot vositalarida janjallarga duch keldi.

Kristin Lambrext / Foto: Reuters

Germaniya mudofaa vaziri Kristin Lambrext o‘z xohishiga ko‘ra iste’foga chiqishga yaqin turibdi, deya xabar bermoqda Germaniyaning Bild va Süddeutsche Zeitung nashrlari 13 yanvar, juma kuni hukumatdagi o‘z manbalariga tayanib. Ushbu ma’lumotni ntv kanali va dpa agentligi ham manbalarni to‘liq oshkor qilmasdan tasdiqladi. Süddeutsche Zeitung gazetasi hatto iste’foga chiqish mumkin bo‘lgan vaqtni ham ochiqladi - 16 yanvardan 23 yanvargacha. Shu bilan birga, Germaniya Mudofaa vazirligi bu ma’lumotni izohga muhtoj bo‘lmagan mish-mishlar deb atadi.

Germaniya mudofaa vaziri, sotsial-demokrat Kristin Lambrext bir necha bor ommaviy axborot vositalarida janjallarga duch keldi - oxirgi marta nemis OAV muvaffaqiyatsiz deb tan olingan yangi yil tabriklari bilan. Lambrext tabrik videomurojaatini yozib, unda Ukrainadagi urush haqida portlayotgan pirotexnika fonida aytib o‘tdi hamda ulardan balandroq ovozda gapirishga urindi. Janjalga, shuningdek, Lambrext o‘g‘lining xizmat vertolyotidagi surati e’lon qilingani sabab bo‘lgan.

So‘rov natijalariga ko‘ra, vazir Germaniyada mashhur emas. Xususan, ZDF telekanali tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, nemislarning 60 foizi uning iste’foga chiqish qarorini qo‘llab-quvvatlaydi. 2022 yil dekabr oyida mudofaa vaziri bo‘lgunga qadar u Angela Merkelning so‘nggi kabinetida adliya vaziri bo‘lgan va 2021 yildan buyon oila, ayollar va yoshlar masalalari bo‘yicha vazir lavozimida ham ishlagan.

Shu bilan birga, 2022 yil dekabr oyida kansler Olaf Shols ochiqchasiga Lambrextni tanqiddan himoya qilib, «Bundesverda birinchi darajali vazir bor»ligi va «unga qarshi qandaydir tanqidlardan hayratda qolgani»ni aytgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid