O‘zbekiston | 10:28 / 16.01.2023
66964
1 daqiqa o‘qiladi

Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa tumanlari hokimlariga «hayfsan» berildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkent shahri hokimi birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

U shaharda energetika inqirozi yuzaga kelishi ortidan ishdan olingan Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘rnida ish boshladi.

Prezident rahbarligidagi yig‘ilishda Toshkent shahrining Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa tumanlari hokimlariga «hayfsan» berildi.

Baxtiyor Rahmonov 1959 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1981 yilda Kiyev muhandislik-qurilish institutini, 2000 yilda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. 

U ko‘p yillar davomida qator rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2018 yildan Toshkent shahar Olmazor tumani hokimi lavozimida ishlagan.

2021 yil yanvaridan buyon  Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlayotgandi.

Mavzuga oid