Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyev Belarusdagi chegara yaqinida qo‘shinlar soni ortganini aniqlamadi
Ukraina Davlat chegara xizmati Belarus Respublikasida Ukraina bilan chegara yaqinida Rossiya va Belarus qo‘shinlari guruhlari ko‘payganini kuzatmayapti.
«Bugungi kunda Belarus Respublikasi hududidagi Rossiya qo‘shinlarining soni 11 mingga yaqin harbiyni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich har kuni o‘zgarib turadi, chunki hozirda RF Qurolli kuchlari bo‘linmalarining rotatsiyasi mavjud, ya’ni 2-motoo‘qchilar diviziyasi Rossiya Federatsiyasi hududiga, Voronej va Belgorod viloyatlariga kiradi, uning o‘rniga esa 6-motoo‘qchilar diviziyasi keladi», deb ma’lum qildi Davlat chegarasini qo‘riqlash xizmati matbuot kotibi Sergey Deyneko milliy telemarafon efirida.
Belarusda 16 yanvar, dushanba kuni ertalab Belarus va Rossiya qurolli kuchlari aviatsiya bo‘linmalarining qo‘shma taktik parvoz mashg‘ulotlari boshlandi, deb xabar berdi Belarus Mudofaa vazirligi.
Minskning ta’kidlashicha, ushbu mashg‘ulotlardan asosiy maqsad «jangovar tayyorgarlik vazifalarini birgalikda bajarishda operativ muvofiqlikni oshirish»dir.
Hujjatda aytilishicha, havo razvedkasini amalga oshirish, chegarada qo‘shma patrullar o‘tkazish, qo‘shinlar guruhini havodan qo‘llab-quvvatlash, taktik desant qo‘shinlarini joylashtirish, shuningdek, yuklarni yetkazib berish va yaradorlarni evakuatsiya qilish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
1 fevralgacha davom etadigan mashg‘ulotlarga Belarus qurolli kuchlari harbiy-havo kuchlari va havo hujumidan mudofaa qo‘shinlarining barcha aerodromlari va poligonlari jalb etilgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.
Belarus Xavfsizlik kengashi davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Pavel Muraveyko mashg‘ulotlar faqat mudofaa xarakteriga ega ekanligini ta’kidladi.
Shu bilan birga, Muraveyko qo‘shni Ukrainani provokatsiyalarda aybladi. Agar kerak bo‘lsa, Belarus «o‘z hududida har qanday tajovuzkorlik yoki terrorchilik tahdidiga javob beradi», deb tahdid qildi u.
Mavzuga oid
12:14 / 24.05.2025
G‘oyib bo‘lgan Belarus muxolifat spikeri maxsus xizmatlar bilan aloqada gumonlanyapti
19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi
20:28 / 07.05.2025
Lukashenko 8 ming mahkumga amnistiya qo‘llash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
10:55 / 06.05.2025