Jahon | 11:15 / 17.01.2023
13427
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Dniproga hujumda ishtirok etgan rossiyalik harbiylar kimligini ma’lum qildi

Ukraina xavfsizlik xizmati ("SBU") 14 yanvar kuni Dniproga amalga oshirilgan va 40 kishining hayotiga zomin bo‘lgan raketa hujumiga aloqador rossiyalik harbiylar shaxsini aniqlaganini ma’lum qildi. 

Foto: UNIAN

Tergovning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, unda bir necha o‘nlab rossiyaliklar, jumladan 52-og‘ir bombardimonchi aviatsiya polki (33310-harbiy qism), polkovnik Timoshin Oleg Yevgenevich, 52-og‘ir bombardimonchi aviatsiya polki aviatsiya otryadi komandiri mayor Ivanenko Aleksey Sergeyevich, aviatsiya guruhi aviatsiya eskadrilyasining shtabi boshlig‘i Dmitriy Golenkov, 52-og‘ir bombardimonchi aviatsiya polkining shturmani Grigorev Denis Anatolevich, 52-og‘ir bombardimonchi aviatsiya polkining shturmani Nazirov Dinar va 52-og‘ir bombardimonchi aviatsiya polki aviatsiya bo‘yicha muhandisi Potseluyev Yevgeniy ishtirok etgan.

«Rossiyaliklarning har bir harbiy jinoyatining o‘ziga xos ijrochisi bor. Xavfsizlik xizmati har kimning ma’lumotlarini o‘z nomi bilan aniqlab, e’lon qiladi - birorta qotil jazodan qutulib qolmasligi uchun. "Boshlash" tugmachasini bosganlarning har biri, bunday jinoyatga aloqador bo‘lganlarning har biri keyin har bir daqiqada javob beradi. Bu albatta sodir bo‘ladi. Maxsus xizmat xalqaro sudlar uchun juda ko‘p dalillar to‘plagan va ularni urushning har kuni bilan kengaytirib, to‘ldirmoqda», — deya ma’lum qildi idora boshlig‘i Vasiliy Malyuk Telegram'da.

Mavzuga oid