Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Bruney o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar tashkil etiladi
O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston va Bruney transport vazirliklari hamda Uzbekistan Airports, Marokanda Air va Royal Brunei Airlines aviakompaniyalari rahbarlari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
1974 yilda tashkil etilgan Royal Brunei Airlines Bruneyning davlatga qarashli milliy aviakompaniyasi hisoblanadi. Bugungi kunda kompaniya Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq, Yevropa, Avstraliya va Okeaniyaning 20 yo‘nalishi bo‘ylab muntazam parvozlarni amalga oshirmoqda.
Muzokaralar chog‘ida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari, Royal Brunei Airlines aviakompaniyasining O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Birinchi qadam sifatida havo qatnovi to‘g‘risidagi bitimni ishlab chiqish va imzolash orqali hamkorlikning huquqiy asoslarini yaratish taklif etildi. Ikki davlat bozorlarini o‘zaro o‘rganish maqsadida respublika aviakompaniyalari bilan kod-sher yoki interlayn kelishuv asosida o‘zaro hamkorlik qilish imkoniyati qayd etildi.
Bruney Transport va axborot kommunikatsiyalari vazirligining Aviatsiyani rivojlantirish departamenti boshlig‘i Laylatul Zurayda ikki davlat aviatsiya ma’muriyati va aeroportlarining salohiyatini mustahkamlash, ziyorat turizmi, «Umra +» dasturi doirasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Bruney Transport va infokommunikatsiya vazirligi hamda Royal Brunei Airlines aviakompaniyasi vakillarining O‘zbekistonga safarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
15:01 / 24.05.2025
Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
15:58 / 12.05.2025
Mahalliy reyslar uchun subsidiya barcha rezident aviakompaniyalarga to‘lanadi
13:42 / 02.05.2025
"Toshkent-Madrid" yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlari yo‘lga qo‘yildi
13:49 / 12.04.2025