O‘zbekiston | 16:32 / 18.01.2023
5087
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda qurilish firmasining 20 nafar xodimi ovqatdan zaharlandi

Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish firmasining 20 nafar ishchisida ovqatdan zaharlanish holati aniqlandi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, qurilish firmasining ishchilari tez tibbiy yordam mashinasida Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya mikrobiologiya va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qabul bo‘limiga ovqat toksikoinfeksiyasi shubhasi bilan olib kelingan.

Hozirda bemorlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ularning ahvoli qoniqarli darajada.

«Shu o‘rinda yurtdoshlarimizdan sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan mahsulotlarni iste’mol qilmaslik, iste’mol uchun mo‘ljallangan taomlarni tayyorlash va saqlashda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishlarini so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Mavzuga oid