O‘zbekiston | 12:56 / 19.01.2023
102373
1 daqiqa o‘qiladi

Qachondan boshlab «gaz-zapravka»lar odatiy ish tartibiga qaytishi ma’lum qilindi

«Ob-havo harorati ko‘tarilib, qulay sharoit paydo bo‘lgach, respublikadagi barcha AGTKShlar odatdagi ish tartibida ishlay boshlashini ma’lum qilamiz» , deyiladi «O‘ztransgaz» bayonotida .

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston hududida ob-havo haroratining keskin pasayishi natijasida tabiiy gazning iste’mol hajmi keskin oshib borishi kuzatilgan. Shu sababli ijtimoiy ahamiyatga molik obektlar va qozonxonalarni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida respublikadagi mulkchilik shaklidan qat’i nazar, har qanday ulgurji iste’molchilar, xususan, AGTKShlarga tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgandi.

«Har bir viloyat hokimliklari bilan kelishilgan holda, ayrim AGTKShlar kunning ma’lum vaqtida 1 soatdan 3 soatgacha oraliqda uy-joy mulkdorlari shirkatlari, elektr ta’minoti korxonalari, obodonlashtirish boshqarmalari, aholiga propan to‘ldirilgan gaz ballonlar yetkazib beruvchi tashkilotlarning avtotransport vositalariga xizmat ko‘rsatmoqda. Ob-havo harorati ko‘tarilib, qulay sharoit paydo bo‘lgach, respublikadagi barcha AGTKShlar odatdagi ish tartibida ishlay boshlashini ma’lum qilamiz» , deyiladi «O‘ztransgaz» bayonotida. 

Mavzuga oid