Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hokim o‘rinbosarlari Diplomatik akademiyada malaka oshiradi
Vazirlar Mahkamasining “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiyada diplomatik lavozimlarga tayinlanadigan nomzodlarni o‘qitish, ayrim lavozimdagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Diplomatik lavozimlarga tayinlanayotgan nomzodlar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiyada o‘qishlari lozim. Muddati 5 kundan 1 yilgacha (25 soatdan 1152 soatgacha) bo‘lgan o‘quv kurslari an’anaviy va masofaviy shakllarda tashkil etiladi.
So‘nggi 3 yilda xorijiy davlatlardagi tayyorlov va malaka oshirish kurslarida o‘qish muqobil tayyorlashdan o‘tish hisoblanadi. Muqobil tayyorlashdan o‘tgan tinglovchilarning xorijiy davlatlarda olgan ta’lim to‘g‘risidagi hujjati (sertifikati) asosida ularga nisbatan sertifikat amal qilish muddati davomida Akademiya o‘quv kurslarida o‘qish talab etilmaydi.
O‘quv kurslari yakuni bo‘yicha tinglovchilar yozma shaklda imtihon topshirishadi. 55 va undan yuqori ball to‘plagan tinglovchilarga o‘quv kurslarini tugatganlik to‘g‘risida sertifikat beriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) hokimlarining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda tashqi siyosiy, tashqi iqtisodiy va xalqaro-huquqiy faoliyat sohasidagi mutaxassislari har uch yilda bir marta Akademiyada o‘qishlari shart.
Mavzuga oid
14:46 / 14.04.2025
Arab moliya akademiyasi O‘zbekistonda o‘z filialini ochishi mumkin
07:32 / 08.06.2024
3 ming dollarga IIV akademiyasiga o‘qishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi
12:48 / 29.05.2024
O‘zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil etiladi
10:05 / 28.05.2024