NATO alyans a’zolarini harbiy qurol ishlab chiqarishni ko‘paytirishga chaqirdi
Alyans mudofaa maqsadlariga imkon qadar tezroq erishish uchun harbiy qurollarni ishlab chiqarishni oshirish zarur deb hisoblamoqda.
NATO davlatlari harbiy texnika, jumladan, raketa, tank va uchuvchisiz samolyot ishlab chiqarishga ko‘proq e’tibor qaratishi kerak, dedi Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibi yordamchisi Angus Lepsli. Uning so‘zlarini BNS agentligiga tayangan holda TASS keltirdi.
«Biz mudofaa maqsadlarimizga imkon qadar tezroq erishishimiz kerak, buning uchun ham NATO, ham Yevropa Ittifoqi harbiy texnika sanoati – raketa, tank, uchuvchisiz uchish apparati, shuningdek, uni moliyalashtirish imkoniyatlariga ko‘proq e’tibor qaratishi kerak», dedi Lepsli.
Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO a’zolari Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti boshlanganidan keyin qurol-yarog‘ zaxiralarini to‘ldirish va ishlab chiqarish imkoniyatlarini yaxshilash zarurligiga ishonch hosil qilgan.
«Bu urush harbiy ishlab chiqarishni rejalashtirishda o‘rganish kerak bo‘lgan saboqdir», - deb ta’kidladi Lepsli.
Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO bosh kotibi qurollanishni oshirish masalasini muhokama qilish uchun tashkilotga a’zo mamlakatlar qurolli kuchlari va sanoati vakillarini yig‘ilishga chaqirgan. Lepslining aytishicha, alyans yadro quroliga ega bo‘lgan dushmanga qarshi kurashishga tayyor ko‘proq harbiy qismlarga ega bo‘lishi kerak.
20 yanvar kuni NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Germaniyaning Ramshtayn aviabazasida bo‘lib o‘tgan G‘arb davlatlarining uchrashuvi yakunlari bo‘yicha alyans mamlakatlari o‘z zaxiralarini tezda to‘ldirish uchun qurol-yarog‘ va o‘q-dori ishlab chiqarishni ko‘paytirishi zarurligini aytdi. Uning qayd etishicha, qurol-yarog‘ zaxiralarini ko‘paytirish fevral oyida NATO mudofaa vazirlari yig‘ilishidagi asosiy mavzu bo‘ladi.
Mavzuga oid
17:24
The Times: Kiyev bir necha oy ichida oddiy atom bombasini yaratishi mumkin
16:08
Blinken: AQSh Tramp kelishidan oldin Ukrainaga yordamni kuchaytiradi
15:42
Rossiyadan Venesuelagacha: tabiiy boyliklar bo‘yicha eng boy davlatlar
10:46