Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada hindularga madaniy genotsid uchun kompensatsiya to‘laydi
Kanada hukumati tub aholi vakillari bilan o‘tmishda zo‘ravonlik va madaniy huquqlarni buzganlik uchun tovon to‘lash bo‘yicha muzokaralar olib bordi.
Kanada hukumati mahalliy aholi vakillariga o‘tmishda zo‘ravonlik hamda madaniy va til huquqlarini buzgani uchun kompensatsiya sifatida 2,8 milliard Kanada dollari (1,44 milliard yevro) to‘lashga rozi bo‘ldi. Bu haqda Kanada hukumati 21 yanvar kuni xabar berdi.
2012 yilda Kanada hukumatiga mahalliy jamoalarning 325 a’zosi 19-asrdan 20-asr oxirigacha o‘z tili va madaniyatiga qarshi genotsid uchun tovon undirishni so‘rab jamoaviy da’vo bilan murojaat qilgan. Endi tomonlar erishgan kelishuvni mamlakat Federal sudi tasdiqlashi kerak.
Taxminlarga ko‘ra, pul maxsus jamg‘armaga o‘tkazilib, mahalliy aholi undan o‘z xohishiga ko‘ra foydalanishi mumkin. «Kanadaga o‘z tarixini tan olish, u sodir etgan genotsidni tan olish va maktab-internatlar xalqlarimizga yetkazgan jamoaviy zararini tan olish uchun juda uzoq vaqt kerak bo‘ldi», dedi da’vogarlardan biri, tub aholi vakili Garri Feshchuk.
1881 yildan 1996 yilgacha Kanadada 150 000 dan ortiq mahalliy bolalar o‘z oilalaridan ajralgan va maktab-internatlarga yuborilgan. Ularning ko‘pchiligi Kanada Haqiqat va yarashuv komissiyasi «madaniy genotsid» deb atagan tizimda och qolgan, kaltaklangan va jinsiy zo‘ravonlikka uchragan. O‘smirlarga ota-bobolarining tillarida gapirish va ularning urf-odatlariga amal qilish taqiqlangan. Kanadadagi oxirgi bunday maktab 1996 yilda yopilgan.
2021 yilda Britaniya Kolumbiyasidagi sobiq maktab-internatda 215 nafar bolaning jasadi topilgan. O‘shandan beri qoldiqlar butun mamlakat bo‘ylab boshqa shunga o‘xshash muassasalarda topilgan. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, asosan cherkov tomonidan boshqariladigan bu maktab-internatlarning minglab o‘quvchilari kasalliklar, ochlik, baxtsiz hodisalar, yong‘inlar va zo‘ravonliklardan o‘lgan bo‘lishi mumkin.
O‘tgan yili Rim papasi Fransisk Kanadaga tashrifi chog‘ida Rim-katolik cherkovi nomidan tub xalqlardan kechirim so‘ragan edi. «Men ko‘plab xristianlarning mahalliy xalqlarga qilgan yomonliklari uchun kechirim so‘rayman», dedi u.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
18:03 / 27.05.2025
Kanada parlamentining yangi spikeri lavozim kursisiga majburan o‘tqazildi
20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
00:45 / 22.05.2025