Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbek-qirg‘iz» avtomobillari narxi 13 ming dollardan boshlanadi
Qirg‘izistonda O‘zbekiston bilan hamkorlikda quriladigan avtomobil zavodi mahsulotlari narxi aytildi.
Qirg‘iziston Respublikasida ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13 ming dollardan boshlanadi. Bu haqda Qirg‘izistonning Budjet, iqtisodiy va fiskal siyosat qo‘mitasi yig‘ilishida «DT Texnik» MChJ direktori Farhodjon Do‘smatov ma’lum qildi.
Deputatlar Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida Qirg‘izistonda avtomobil va tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasini muhokama qilishdi.
Farhodjon Do‘smatov Qirg‘izistonning Chuy viloyati, Moskva tumanidagi Oq-suv qishlog‘ida avtomobillar ishlab chiqaruvchi zavod qurilishini tasdiqladi.
«Dastlabki bosqichda Chevrolet va Isuzu tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni rejalashtirganmiz. Yengil avtomobillarning narxi 13 ming dollardan, yuk mashinalari 28 ming dollardan boshlanadi. Biz narxlarni oshirmaymiz, faqat korxonani soliqdan ozod qilishni so‘raymiz. Bu xuddi Qozog‘iston va O‘zbekistondagi kabi ishlab chiqarishda birlamchi turtki bo‘lar edi», dedi u.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston hamkorligida yangi avtomobil zavodi loyihasi «O‘zavtosanoat», Qirg‘izistonning «DT Texnik» va «Nur» korxonalari tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
20:42 / 20.05.2025