Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Banklar ustav kapitali eng kam miqdori 500 mlrd so‘mgacha oshiriladi
Qonunchilik palatasi navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonuniga banklar ustav kapitali eng kam miqdorini bosqichma-bosqich oshirishga qaratilgan o‘zgartishlar kiritish haqida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Qonun loyihasi bilan bank ustav kapitalining eng kam miqdorini bosqichma-bosqich besh yuz milliard so‘mgacha oshirish taklif etilmoqda.
Davlatda va (yoki) hududda yashaydigan norezident bo‘lgan jismoniy shaxslar hamda shunday davlatda ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, aksiyadorlar (ishtirokchilar), oxirgi benefitsiar mulkdorlar bank aksiyalarining bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchilari bo‘lishi mumkin emasligi to‘g‘risidagi cheklovni qayta ko‘rib chiqish nazarda tutilyapti.
Taklif etilayotgan o‘zgartirishlar banklar kapitallashuv darajasini yanada oshirish va resurs bazasini ko‘paytirishga, iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish jarayonlarida ularning ishtirokini kengaytirishga, banklar investitsiyaviy jozibadorligini oshirish orqali bank sektoriga strategik xorijiy investorlarni jalb qilishga xizmat qilishi aytiladi.
Majlisda qonun loyihasi qabul qilindi.
Mavzuga oid
15:36 / 29.01.2025
O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 1,3 barobarga oshdi
08:47 / 06.05.2024
O‘zbekistonda qaysi davlatlar kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
12:27 / 23.02.2024
Kapital bozorida tartibga solish qumdoni rejimini taqdim qilish tartibi tasdiqlandi
14:45 / 19.01.2024