Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Soledar boy berilganini tasdiqladi
Ukraina armiyasi shaharni tark etgan.
Ukraina Qurolli kuchlari Sharqiy yo‘nalishi qo‘mondonligi vakili Sergey Cherevatiy Ukraina qo‘shinlari Donetsk viloyatining Baxmut tumanidagi Soledar shahridan olib chiqilganini ma’lum qildi.
Rossiya Mudofaa vazirligi Soledar qo‘lga olinganini 13 yanvar kuni, «Vagner» XHK esa bundan ham oldinroq e’lon qilgan edi.
«Bir necha oylik shiddatli janglardan so‘ng, jumladan, so‘nggi haftalardagi, Ukraina qurolli kuchlari Soledarni tark etdi va shahar chekkasidagi oldindan tayyorlangan pozitsiyalarga chekindi», dedi Sergey Cherevatiy AFP agentligiga.
Cherevatiy so‘zlariga ko‘ra, Soledardagi front chizig‘i qayta shakllangan: ukrainalik harbiylarni qamal qilish yoki asirga olish holati bo‘lmagan.
10 yanvar kuni Rossiyaning «Vagner» XHK asoschisi Yevgeniy Prigojin Soledar qo‘lga olinganini e’lon qilib, hujum faqat uning jangchilari tomonidan amalga oshirilganini ta’kidladi. Biroq 11 yanvar kuni Rossiya Mudofaa vazirligi shaharning shimoliy va janubiy qismlari blokadaga olingani haqida xabar berdi. 13 yanvar kuni vazirlik shahar rus harbiylari tomonidan bosib olinganini e’lon qildi.
O‘sha paytda Ukraina prezidenti ofisi hech bir tomon shaharni nazorat qilmayotganini ta’kidladi. AFP xabariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Ukraina tomoniga diqqatni janubdagi qarshi hujumga qaratishni maslahat bergan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025