Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onadan Qirg‘izistonga mikroavtobus qatnovi qayta tiklandi
Farg‘onadan Qirg‘izistonning Qizil-qiya shahriga 12 ming so‘m evaziga yetib borish mumkin.
26 yanvardan boshlab «Farg‘ona – Quvasoy – Qizil-qiya» xalqaro yo‘nalishida mikroavtobus qatnovi qayta tiklandi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
«Farg‘ona va Qirg‘izistonning Botken viloyatidagi Qizil-qiya shahri o‘rtasida amalga oshiriladigan ushbu qatnov ikki chegaradosh davlat o‘rtasidagi aloqalar uchun muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi», deyiladi xabarda.
Bu qatnov 2020 yilda koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtab qolgan edi.
Qayd etilishicha, Qirg‘izistonning «Qizil-qiya PATP» va O‘zbekistonning «Daewoo Trans Servis» korxonasi tomonidan amalga oshiriladigan qatnov yo‘nalishi umumiy masofasi 39,5 km ni tashkil etadi. Yo‘lkira narxi 12 ming so‘m etib belgilangan.
Mikroavtobuslar Qizil-qiya va Farg‘onadan tongi soat 7:20 da harakatni boshlaydi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
20:42 / 20.05.2025