Ukraina Soledardan chekindi - Rossiya Vuhledarga hujum qilmoqda. Donbass frontidan suratlar
Ukrainada urushning 336-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Germaniya Ukrainaga Leopard 2 rusumli 14 tank berishi va ittifoqchilar ham shunday modeldagi tanklarini Kiyevga berishiga to‘sqinlik qilmasligini rasman e’lon qildi. Germaniya ortidan Norvegiya ham Ukrainaga Leopard 2 tanklari yetkazib berishi haqida ma’lum qildi.
- AQSh esa Ukrainaga M1 Abrams rusumli 31 dona tank jo‘natadi. Shuningdek, Ukrainaga tanklarga xizmat ko‘rsatish uchun 8 ta ta’mirlash-evakuatsiya mashinalari yuboriladi.
- Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi ukrain harbiylari Donetsk oblastining Soledar shahrini to‘liq tark etganini, bu shaxsiy tarkib hayotini saqlab qolish uchun tashlangan qadam bo‘lganini ma’lum qildi.
- BBC rus xizmati yangi yilga o‘tar kechasi Makiyivka o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lgan 92 nafar rossiyalik harbiylar ro‘yxatini e’lon qildi. RF mudofaa vazirligi bu hujum oqibatida 89 harbiysi o‘limini tasdiqlagandi.
- Jazoni ijro etish federal xizmati (FSIN) Ukrainaning Rossiya tomonidan annexia qilingan hududlarida 24 ta axloq tuzatish koloniyalari ochish bo‘yicha topshiriq berdi.
- Ikki oy ichida «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasining Krasnodar o‘lkasidagi qabristonida qabrlar soni yetti barobarga oshgan. Bu haqda The New York Times tomonidan e’lon qilingan sun’iy yo‘ldosh tasvirlari darak bermoqda.
Baxmutdagi hayot
Donetsk oblastining Baxmut shahri atrofida og‘ir janglar davom etmoqda. Amerikalik harbiy ekspertlar ham Rossiya armiyasi muvaffaqiyatiga shubha bilan qarayotgan (ularning nazdida safarbar qilingan rossiyaliklar yaxshi o‘qitilmagan va yomon qurollangan) bo‘lsa-da, Ukraina mudofaa vazirligi RF qo‘shinlari shaharga janubdan faollik bilan yurish qilayotganini tasdiqlamoqda. Baxmut qamali yarim yildan buyon davom etmoqda — quyida shaharda bu davr oqibatlari aks etgan suratlar.
Donbass shimolidagi ukrain askarlari
Donbassda og‘ir janglar davom etmoqda. 25 yanvar kuni Ukraina mamlakat armiyasi Baxmutdan taxminan 15 kilometr masofada joylashgan Soledar shahridan chekinganini tasdiqladi. Rossiya qo‘mondonligi va «DXR»ning Kreml tomonidan tayinlangan hukumati shahar RF armiyasi tomonidan yanvar oyi o‘rtalarida egallangani haqida xabar qilgandi. Shuningdek 25 yanvar kuni Rossiya qo‘shinlari Donetsk atrofida joylashgan, Ukraina nazoratida qolgan Avdiyivka shahrini o‘qqa tutdi. Qurbonlar haqida xabar berilmagan.
Bundan tashqari, Ukraina hukumati xabar qilishicha, RF armiyasi Vuhledar shahrini shturm qilmoqda — bu shahar Donetskdan 58 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan. «DXR» vakillari esa Rossiya kuchlari Vuhledarga kirganini aytgan, ammo Ukraina qurolli kuchlari bu hududdagi vaziyat nazorat ostida ekanini ma’lum qilgan.
Luhansk oblastidagi Rossiya aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa kuchlari
Zaporijjya oblastida Rossiya artilleriyasi
Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabiga ko‘ra, 20–21 yanvar kunlari Rossiya qo‘shini Zaporijjya oblastining Mali Shcherbaki qishlog‘i hududida (Ukraina nazoratidagi Zaporijjya shahridan 60 kilometr janubi-sharqda) qarshi hujum boshlagan. Bosh shtab tasdiqlashicha, ukrain harbiylari yurishni to‘xtatib turibdi — Amerikadagi Urushlarni tadqiq etish instituti (ISW) ham bunga qo‘shiladi. Shu bilan birga, RF mudofaa vazirligi rossiyalik harbiylar frontning ushbu uchastkasida ilgarilayotganini xabar qilgan, ammo batafsil ma’lumot taqdim etilmagan.
Mavzuga oid
21:05 / 10.11.2024
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
20:11 / 10.11.2024
Rossiya Kursk oblastiga hujum uchun 50 ming kishilik qo‘shin to‘pladi - NYT
19:02 / 10.11.2024
The Guardian: Buyuk Britaniya hukumat almashganidan keyin Ukrainaga raketalar yetkazishni to‘xtatdi
13:30 / 10.11.2024