Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda ta’lim olayotgan o‘zbekistonliklar soni 37 mingdan oshdi
Ularning aksariyati O‘sh shahridagi ta’lim dargohlarida o‘qimoqda.
Qirg‘iziston oliy o‘quv yurtlarida 37 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi ta’lim olmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Ta’lim va fan vazirligiga tayanib 24.kg xabar berdi.
Qayd qilinishicha, eng ko‘p o‘zbekistonlik talabalar O‘sh davlat universiteti (12 ming 280 kishi), M.Adishev nomidagi O‘sh texnologiya universiteti (10 ming 136), Qirg‘iz-O‘zbek universiteti (6 ming 229) va Botken davlat universitetida (3 ming 326 nafar) ta’lim olmoqda.
Boshqarmaning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekiston hududida istiqomat qiluvchi qirg‘izlar uchun har yili Qirg‘iziston oliy o‘quv yurtlarida budjet o‘rinlari ajratiladi.
«2022-2023 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra 25 nafar qirg‘iz millatiga mansub O‘zbekiston fuqarosi Qirg‘iziston Respublikasidagi oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish uchun tavsiya etildi», deb qo‘shimcha qildi vazirlik.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
19:02 / 22.05.2025