O‘zbekiston | 19:58 / 30.01.2023
12134
1 daqiqa o‘qiladi

Namangan ko‘chalarida Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan nazorat kameralari o‘rnatildi

Foto: orda.kz

Namangan shahri ko‘chalarida jamoat va yo‘l harakati tartibini saqlash maqsadida Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan «Sergak» nazorat kameralari o‘rnatildi. Bu haqda «O‘rda» nashri yozmoqda.

Manbada aytilishicha, Namangan ko‘chalarida bunday kameralardan 25 dona o‘rnatilgan. Kameralar «Sergek Group» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

Xabarda kameralar belgilangan tezlikni oshirganlik, svetoforning taqiqlangan rangida harakatlanish, yo‘l chiziqlarini bosish kabi qoidabuzarliklarni qayd etishi ta’kidlangan. Qozog‘istonning Ostona va Almati kabi yirik shaharlari ko‘chalarida ham aynan «Sergek» kameralari o‘rnatilgan.

Mavzuga oid