Iqtisodiyot | 10:02 / 31.01.2023
20212
1 daqiqa o‘qiladi

16 ming dona zararlangan import mahsulot eksportyor davlatlarga qaytarib yuborildi

O‘tgan yilda 1 273 tonna va 16 406 dona zararlangan import mahsulotlar eksportyor davlatlarga qaytarilgan. Bu haqda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi axborot xizmati rahbari Sabina Sadinova ma’lumot berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, biologik himoyani rivojlantirish maqsadida 10 mlrd 625 dona entomofag, ya’ni foydali yirtqich hasharot ko‘paytirilib, 3 million gektarga yaqin ekin maydoniga tarqatildi.

Zararli karantin organizmlar aniqlangan 19 ta davlatga 595 ta notifikatsiya yuborilgan.

Olib borilgan targ‘ibot ishlari natijasida xalqaro bozorlarga meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlar soni 481 taga yetkazilgan.

Mavzuga oid