O‘zbekiston | 17:35 / 31.01.2023
9786
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi

Zaharlanish uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida sodir bo‘lgan.

Foto: KUN.UZ

Samarqand viloyatida 5 kishi ovqatdan zaharlangan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi matbuot kotibi xabar bermoqda.

Hodisa 2023 yilning 6 yanvar kuni Qo‘shrabod tumanida sodir bo‘lgan. 5 kishi ovqatdan zaharlangan. Ulardan ikki nafari vafot etgan.

Qayd etilishicha, ovqatdan zaharlanish uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida sodir bo‘lgan.

«Samarqand viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi qo‘lbola usulda tayyorlangan va sifati kafolatlanmagan konserva mahsulotlarini iste’mol qilmaslikni so‘raydi», deyiladi xabarda.

Mavzuga oid