O‘zbekiston | 09:40 / 02.02.2023
1597
1 daqiqa o‘qiladi

Koreya Toshkentda fotoelektr panellar ishlab chiqarish klasterini tashkil etadi

Toshkent shahrida Janubiy Koreyaning iqtisodiy innovatsion hamkorlik bo‘yicha EIPP (The Economic Innovation Partnership Program) dasturining O‘zbekistondagi loyihalari doirasidagi olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo

Seminarda EIPP loyihalari doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, jumladan, fotoelektr panellar ishlab chiqarish va yarimo‘tkazgichli elektronika bo‘yicha innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish klasterini yaratish kabi yo‘nalishlar taqdim etildi. Muhokama davomida kelgusidagi amaliy harakatlar, jumladan, yangi istiqbolli loyihalar bo‘yicha loyiha oldi hujjatlarini birgalikda ishlab chiqish doir amaliy choralar ishlab chiqildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar kelgusidagi hamkorlik formatini belgilab, 2023 yilga mo‘ljallangan Dasturni amalga oshirish doirasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni kelishib oldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid