Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Gruziyadan Saakashvilini «xo‘rlashni to‘xtatish»ni talab qildi
Shuningdek, uni Ukrainaga qaytarishni so‘radi.
Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Gruziya rasmiylaridan Ukraina fuqarosi bo‘lgan siyosatchi Mixail Saakashvilini Kiyevga qaytarishni talab qildi.
«SSSR NKVD tashkilotining eng yomon an’analariga xos tarzda Gruziya rasmiylari Mixail Saakashviliga qarshi psixologik va jismoniy zo‘ravonlik qo‘llamoqda, unga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishni rad etmoqda va hayotiga ataylab xavf tug‘dirmoqda», deyiladi Ukraina TIV bayonotida.
Ukraina departamenti Gruziya hukumatini Saakashvilini «xo‘rlashni bas qilishga» chaqirdi, shuningdek, hozirgi vaziyat bu mamlakatda «demokratiya yig‘ishtirib qo‘yilayotganini» anglatishini ta’kidladi. Ukraina Tashqi ishlar vazirligi xorijiy hukumatlarni siyosatchini ochiq himoya qilishga chaqirdi.
Mixail Saakashvili 2021 yil kuzidan beri Gruziyada hibsda saqlanmoqda. U mamlakat chegarasini noqonuniy kesib o‘tganidan ko‘p o‘tmay qo‘lga olingan. Bungacha sobiq prezident Gruziyada ikkita jinoiy ish bo‘yicha qamoq jazosiga hukm qilingan edi.
Hibsda bir necha bor ochlik e’lon qilgan Saakashvilining sog‘lig‘i yomonlasha boshladi, shundan so‘ng u tergov izolyatoridan shifoxonaga yotqizildi. 2022 yil noyabrida mustaqil shifokorlar guruhi siyosatchining kamida 10 ta tashxisi «qamoqda ushlab turishga to‘sqinlik qilishini» aytishgan. 2023 yil yanvar oyi oxirida advokatlar Saakashvili og‘ir ahvolda reanimatsiyaga o‘tkazilgani haqida xabar berishdi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025