Jahon | 15:04 / 03.02.2023
22815
4 daqiqa o‘qiladi

Zarbalar ostidagi shahar va qamaldagi baxmutliklar hayoti. Urush suratlari

Ukrainada urushning 344-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • 1 fevral kuni Kramatorsk shahri o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni besh nafarga yetdi. Rossiya qo‘shini 2 fevral kuni ham ushbu shaharga zarba yo‘lladi, tinch aholi vakillaridan besh kishi jabrlangan.
  • Yevroparlament Ukrainaning Yevroittifoqqa qo‘shilishi bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi. Shuningdek, YeI kengashi Ukrainaga yana 545 million yevro miqdoridagi yordam va 2,4 mingta generator ajratadi.
  • Rossiyaning Bryansk oblasti gubernatori Aleksandr Bogomazning xabar qilishicha, havo hujumidan mudofaa tizimlari oblast hududida to‘rtta raketani urib tushirgan. Jabrlanganlar va vayrongarchiliklar yo‘q.
  • AQSh keyingi to‘qqiz oy ichida Ukrainaga 150 km masofaga harakatlanuvchi va nishonga yuqori aniqlikda boruvchi GLSDB raketalarini yuboradi.
  • AQSh va G‘arbning boshqa mamlakatlari rasmiy shaxslari Ukrainada halok bo‘lgan va yaralanib safdan chiqqan rossiyalik harbiy xizmatchilar soni 200 ming kishiga yaqinlashdi deb hisoblamoqda. The New York Times gazetasi ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya eng yo‘qotishlarga Baxmut uchun janglar vaqtida uchragan, bu hududda yarim yildan buyon shiddatli to‘qnashuvlar davom etmoqda. Rossiya o‘z yo‘qotishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ochiqlamaydi.

Kun kadri. Kramatorskdagi turar joylarga zarba oqibatlari

Kramatorskning rossiyaliklar raketasi kelib tushgan markaziy rayoni shunday ko‘rinishda. RF armiyasi shaharga 1 fevral kuni kechqurun zarba bergandi — ko‘p qavatli uylar zarba ostida qolgan, besh kishi halok bo‘lgani ma’lum
Yevgen Honcharenko / AP / Scanpix / LETA

Kramatorsk qayta o‘qqa tutildi

Kramatorskda yashovchilar shahar 2 fevral kuni yana o‘qqa tutilishi oqibatida yaralangan kishiga yordam ko‘rsatishmoqda. Donetsk oblasti ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenkoga ko‘ra, takroriy zarbalar vaqtida besh kishi jabrlanib, 16 ta uy, bolalar poliklinikasi, maktab, garaj va avtomobillar shikastlangan. RF mudofaa vazirligi 2 fevral kungi vaziyat bo‘yicha svodkasida Kramatorsk hududida M-142 HIMARS va M-270 MLRS qurilmalari yo‘q qilingani haqida xabar bergan.
Sergey Shestak / EPA / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar raketasi kelib tushgan joyda ishlayotgan ukrainalik qutqaruvchilar
Marek M. Berezowski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Kramatorsk politsiyasi shahar bo‘ylab raketa zarbalaridan keyin paydo bo‘lgan o‘rani tekshirmoqda
Vitalii Hnidyi / Reuters / Scanpix / LETA
Kramatorskdagi ukrainalik harbiylar yaralangan ayolga yordam ko‘rsatishmoqda
Vyacheslav Madiyevskyy / Reuters / Scanpix / LETA

Baxmutdagi hayot 

O‘z kvartirasi derazasida mushugi bilan turgan baxmutlik ayol. Rossiya qo‘shini yarim yildan buyon shaharni shturm qilmoqda, bu shaharda ukrainalik jangchilardan tashqari 6 mingga yaqin tinch aholi vakillari ham qolishgan.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Baxmut ko‘chalaridan birida o‘tin maydalayotgan ayol
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Baxmutdagi kvartiralardan birida o‘tin to‘ldirilgan qoplar
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Baxmutliklar gumanitar yordam markazidan uyga qaytishmoqda
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Baxmutda vayron bo‘lgan uylardan birida jasad oldida turgan it
Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid