Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent, Tbilisi va Yerevan elektrokarlar ulushi bo‘yicha Moskvani ortda qoldirdi
100 ming kishi hissasiga to‘g‘ri keladigan elektrokarlar soni bo‘yicha Tbilisi birinchi o‘rinda.
Gurjiston, Armaniston va O‘zbekiston poytaxtlari 100 ming kishi hissasiga to‘g‘ri keladigan elektrokarlar soni bo‘yicha Rossiya poytaxtidan o‘zib ketgan. Bu haqda Kept konstalting kompaniyasining «MDH va Kavkazorti davlatlarining aqlli shaharlari reytingi» tadqiqotiga tayanib Rossiyaning «Vedomosti» gazetasi xabar bermoqda.
Nashrning ma’lum qilishicha, MDH va Kavkazorti davlatlari shaharlari orasida 100 ming aholiga to‘g‘ri keladigan elektrokarlar soni bo‘yicha Tbilisi birinchi o‘rinda turibdi — 114 elektromobil. Possovet davlatlarining qolgan shaharlari (Boltiqbo‘yi davlatlari hisobga olinmaganda) Gurjiston poytaxtidan juda ortda. Tbilisidan keyingi o‘rinda Minsk joylashgan — u yerda 100 ming aholiga 63 ta elektrokar to‘g‘ri kelmoqda. Yerevanda — 45, Toshkentda — 33, Moskvada esa bor-yo‘g‘i 16 ta avtomobil.
Moskvani Rossiyaning boshqa shaharlari ham quvib o‘tgan: masalan, Novosibirskda elektromobillar bilan ta’minlanganlik darajasi poytaxtga nisbatan qariyb ikki barobar ko‘proq — 31.
Moskva bilan bir qatorda Boku shahri bormoqda (15 elektrokar). Rossiya poytaxtidan kamroq ko‘rsatkich Bishkek (9) va Ostona (7), shuningdek, Rossiyaning Sankt-Peterburg (8), Qozon (7) va Yekaterinburg (0,4) shaharlarida qayd etilgan.
Kept’ning jahon reytingida yetakchi London shahri bo‘lib turibdi — bu yerda 100 ming aholiga 504 elektromobil to‘g‘ri keladi. Ikkinchi o‘rinda Nyu-York — 148 avtomobil.
Tadqiqotdagi ma’lumotlar 2022 yilning iyun oyi holatiga asosan tuzilgan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025