Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Misr qadimiy qo‘lyozmalarni birga tadqiq etishga kelishib oldi
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti va Misr Kitoblar va milliy arxivlar uyi bosh hay’ati o‘rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Tadbir chog‘ida ikki muassasa o‘rtasidagi Anglashuv memorandumi loyihasi mutaxassislar darajasida muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida tomonlar tarix va madaniyat mavzularini qamrab olgan maqolalarni ikki davlatning ilmiy jurnallarida chop etish, qo‘lyozma asarlarini birgalikda tadqiq etish, ularni tiklash, elektron nusxalarini olish, o‘zaro konferensiya va forumlar o‘tkazish hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Anglashuv memorandumi o‘zaro muvofiqlashtirilgani holda imzolanish uchun tayyor holga keltirildi. Mazkur hujjatni O‘zbekiston - Misr iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorligi bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi 7-yig‘ilishi doirasida imzolash rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
14:56 / 22.05.2025
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
19:47 / 13.05.2025
Misrda 5 nafar o‘zbekistonlik mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgani uchun ushlandi
02:18 / 10.05.2025