Xarkivda universitet va ko‘p qavatli uy o‘qqa tutildi. Urush suratlari
Ukrainada urushning 347-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- WSJ Rossiya va Eron Tataristonda Eronning Shahed-136 kamikadze dronlarini ishlab chiqaruvchi zavod qurishni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi.
- «Rusi sidyashchey» tashkiloti rahbari Olga Romanova «mudofaa vazirligidan bo‘lgan» kishilar Kuzbassdagi koloniyadan 50 nafar mahbusni olib ketishgani — va «bu kabi holatlar haqida hammayoqdan xabar kelayotgani» haqida ma’lum qildi.
- Ukraina nashrlari, shuningdek Rada deputatlari Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov yaqin kunlar ichida iste’foga chiqishi haqida xabar berdi.
- Odessada aholining 40 foizi nimstansiyadagi avariya tufayli toksiz qoldi. Odessadagi o‘quv muassasalarida 6 va 7 fevral kunlari dam olish kuni deb e’lon qilindi.
- 5 fevral kuni tongda Xarkiv o‘qqa tutildi. Ukraina hukumati raketalardan biri turar joy binosiga, boshqasi — universitet binosiga kelib tushgani, besh kishi jabrlanganini xabar qilgan.
- Isroilning sobiq bosh vaziri Naftali Benet urush boshidagi muzokaralar chog‘ida Vladimir Putin unga Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni o‘ldirmaslikka va’da bergani haqida gapirdi.
Xarkiv o‘qqa tutilishi oqibatlari
5 fevral tongida Xarkiv markaziga raketalar uchib keldi. «Suspilne» telekanali xabar berishicha, rossiyaliklar zarbasi oqibatida besh kishi yaralangan. Shahar meri Igor Terexovning ma’lumotiga ko‘ra, shaharning Kiyev rayoniga S-300 tizimining ikki raketasi yo‘llangan. Ulardan biri Shahar xo‘jaligi milliy universiteti bosh korpusining yuqori qavatiga urilgan. Ikkinchi raketa unga yaqin joylashgan to‘rt qavatli uyga qulagan, jami besh kishi yaralangan. Shahar meri Xarkivning bu rayoniga harbiylar joylashtirilmaganini ma’lum qilgan.
Xerson o‘qqa tutilishi oqibatlari
Xersonda 5 fevral tongida ikki qavatli litsey binosiga zarba kelib tushgan. Ukraina Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati xabar berishicha, litseyning birinchi qavati yonib ketdi. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari
Anneksiya qilingan Donetsk shahrining Rossiya tomonidan tayinlangan meri Aleksey Kulemzin shaharning Petrovskiy rayoni o‘qqa tutilganini xabar qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rayon hududiga 35 daqiqa ichida 155 millimetr kalibrli 24 ta snaryad kelib tushgan — Tixiy mikrorayonidagi Staxanova ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardan biri shikastlangan, bu yerda bir ayol halok bo‘lgan.
Oldingi chiziqdagi ukrain artilleriyachilari
Baxmut atrofidagi hayot