Jahon | 15:04 / 08.02.2023
22462
6 daqiqa o‘qiladi

Xersondagi rossiyaliklar va Donbassdagi ukrain uchuvchilari. Urush suratlari

Ukrainada urushning 349-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar

  • RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukraina armiyasining yanvar oyidagi yo‘qotishlari 6,5 ming kishini tashkil etganini ma’lum qildi. U Rossiya qo‘shinlaridagi yo‘qotishlar haqida hech narsa demagan. Ukraina tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, 6 fevral kunining o‘zida RF armiyasi 1030 askaridan ayrilgan. Ukraina qurolli kuchlarida xabar berishlaricha, bu rossiyaliklarning urush boshidan buyon eng yirik kunlik yo‘qotishi bo‘ldi.
  • Germaniya hukumati Ukraina qurolli kuchlari uchun 178 dona Leopard 1 tanklarini yuborishni ma’qullagan. Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikovning so‘zlariga ko‘ra, shundan 80 ta tankni Kiyev yil oxiriga qadar qabul qilib oladi.
  • Oliy Rada Vasiliy Malyukni Ukraina xavfsizlik xizmati, Igor Klimenkoni — Ukraina ichki ishlar vazirligi rahbarligi lavozimlariga tasdiqladi.
  • RF mudofaa vazirligi barcha harbiylar, shu jumladan muddatli xizmatga chaqirilganlarga ham tinchlikparvar missiyalarda ishtirok etishga ruxsat berishni taklif qildi.

Xerson oblastidagi rossiyaliklarning pozitsiyalari

Xerson oblastining Ukraina tomonidan tayinlangan ma’muriyatiga ko‘ra, rossiyaliklar Dnipro daryosining o‘ng sohilidan mahalliy aholini annexia qilingan Qrimga yaqin hududlarga ko‘chirishda davom etmoqda. Xerson oblasti kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Yuriy Sobolevskiyning aytishicha, Rossiya bu orqali «jonsiz zona hosil qilmoqchi, chunki bu hududda ularning bo‘linmalari joylashtirilgan bo‘lib, ular oblastning Ukraina nazoratidagi qismini o‘qqa tutmoqda».

«Xersonning chap sohilida vaziyat gumanitar falokat yoqasiga kelib qolgan. Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, u yerda tibbiyot muassasalarini yopishmoqchi, xususan, yettita kasalxonani harbiy hospitalga aylantirish rejalashtirilgan», — degan Sobolevskiy.

Bundan tashqari, Ukraina tomoni Xerson oblasti muntazam ravishda o‘qqa tutilayotganini xabar beradi. Xususan, 6 fevral kuni, mahalliy harbiy ma’muriyat Rossiya qo‘shini Xerson shahridan taxminan 40 kilometr janubi-g‘arbda Hola Pristan (Golaya Pristan) shahrida tinch aholi vakillari avtomobilini o‘qqa tutgan. Natijada uch kishi halok bo‘lgan, ulardan biri sakkiz yoshli bola edi.

Xerson oblasti, Dnipro daryosining o‘ng sohilidagi rossiyalik harbiy ko‘p funksiyali «Orlan-10» uchuvchisiz uchish kompleksi va «Msta-S» gaubitsasi ishini muvofiqlashtirish jarayonida. Foto: Andrey Rubsov / TASS
Rossiyalik harbiylar dron uchirishga hozirlanmoqda
Andrey Rubsov / TASS
Andrey Rubsov / TASS
Andrey Rubsov / TASS
Rossiyaliklarning o‘ziyurar «Msta-S» gaubitsasidan o‘t ochilishi
Andrey Rubsov / TASS

Donetsk oblastidagi ukrain artilleriyachilari

Donetsk oblastida shiddatli janglar davom etmoqda. Regionda eng qaynoq nuqta ko‘p oylardan buyon Baxmut bo‘lib qolmoqda. 7 fevral kuni Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenko Rossiya qo‘shinlari shaharni egallashi mumkinligini istisno etmadi, ammo Ukraina qurolli kuchlari «mudofaa chiziqlarida himoyalanayotgani» va «bu ro‘y bermasligi uchun barcha maksimal choralarni ko‘rayotgani»ni qayd etdi.

Ukraina qurolli kuchlari 80-desant-shturm brigadasining artilleriya qismi jangchilari front chizig‘ida tushlik qilmoqda
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LET
Ukrainalik harbiy Donetsk shahridan 20 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan Maryinka shahrida BM-21 «Grad» baravar o‘t ochish reaktiv tizimi kabinasida. Ukraina qurolli kuchlari Maryinka shahrini 2022 yil aprelida qaytarib olgandi. 2023 yil yanvarida «DXR» rahbari Denis Pushilin shahar Rossiya qo‘shini nazoratiga qaytayotganini aytdi. Ukraina tomoni bu ma’lumotga izoh bermadi.
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Maryinkadagi ukrainalik harbiy xizmatchi
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Masofa o‘lchagichdan qarayotgan ukrainalik harbiy
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainlarning BM-21 «Grad» baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan o‘q uzilishi
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrainalik vertolyotchilar 

Ukrainalik harbiy uchuvchi parvozga tayyorlanmoqda. Fotosurat Ukraina sharqidagi harbiy harakatlar hududida olingan, aynan qayerligiga — aniqlik kiritilmagan
Ihor Tkachov / AFP / Scanpix / LETA
Vertolyot tomidagi ukrain harbiy uchuvchilari
Ihor Tkachov / AFP / Scanpix / LETA

Lvivda ukrain askarining dafn marosimi 

Anastasiya (markazda) o‘z akasi, sharqiy frontda halok bo‘lgan ukrainalik harbiy xizmatchi Oleg Kuninetsning dafn marosimida yig‘lamoqda
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Oleg Kuninetsning qabriga qo‘yilgan gullar
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid