O‘zbekiston | 19:06 / 09.02.2023
16064
1 daqiqa o‘qiladi

Qamchiq dovonidagi fuqarolar evakuatsiya qilindi

Qor ko‘chkisi xavfi tufayli yo‘l vaqtinchalik yopilgan edi.

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

Qamchiq dovonida qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelganligi sababli, 9 fevral kuni soat 13:30 dan A-373 xalqaro yo‘li avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.

«O‘zbekiston temiryo‘llari» xabariga ko‘ra, fuqarolarni dovondan evakuatsiya qilish shtabi tuzilib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va «O‘zbekiston temir yo‘llari» hamkorligida 902-sonli «Angren – Orzu – Pop» yo‘nalishida maxsus poyezd reysi tashkil etildi.

Fuqarolar 9 fevral kuni soat 18:00 da Ohangaron, Angren, Orzu temiryo‘l bekati va vokzallaridan Pop vokzaligacha poyezdda evakuatsiya qilindi.

Shuningdek, 901-sonli «Pop – Angren» yo‘nalishida ham fuqarolarni dovondan evakuatsiya qilish ishlari davom ettiriladi.

Mavzuga oid