Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kollej va texnikumlarga bir yilda ikki marta o‘quvchi qabul qilinadi
O‘zbekistonda ta’lim jozibadorligini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
2023 yilda O‘zbekistonda yoshlarni professional ta’lim muassasalarida kasbga o‘qitish ko‘lamini kengaytirib, ta’lim jozibadorligini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Bu haqda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan davlat dasturi loyihasida belgilab qo‘yilgan.
Jumladan, professional ta’lim muassasalariga o‘quvchilarni qabul qilish tizimi takomillashtiriladi.
Bunda:
- kollej va texnikumlarga o‘quvchilarni qabul qilish bir yilda ikki marta tashkil etiladi;
- texnikumlarda mutaxassislik yo‘nalishidan kelib chiqib davlat granti ajratishni joriy etish orqali umumiy davlat granti ulushi 50 foizga yetkaziladi;
- xususiy sektorning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash tizimli yo‘lga qo‘yiladi.
Chora-tadbirlar 2023 yil avgustgacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar topshiriq ijrosi uchun mas’ul etib belgilangan.
Davlat dasturi taklif bildirish uchun jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan. Unga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.
Mavzuga oid
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
17:17 / 22.05.2025
3 yoshli jiyanini 3 ta tilda gapirtirgan yigit: miya sirlarini o‘rganayotgan Jamshidbek hikoyasi
15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi
18:16 / 15.05.2025