Sport | 02:22 / 12.02.2023
35017
2 daqiqa o‘qiladi

«Real» - 5 karra klublar o‘rtasida jahon chempioni

Foto: Real Madrid

Marokashda o‘tgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yakuniga yetdi. 

Finalda YeChL g‘olibi «Real» OChL chempioni «Al Hilol» bilan to‘qnash kelib, 8ta gol urilgan o‘yinda g‘alaba qozondi. 

Bellashuvda 3ta dubl qayd etildi — madridliklardan Vinisius hamda Valverde, Osiyo jamoasidan «Atletiko» va «Vilyarreal»ning sobiq hujumchisi Vetto buni uddalashdi. Shuningdek, Benzema va Marega o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘yishdi.

Shu tariqa Madrid klubi 5-bor ushbu turnirda zafar quchdi. Bu — rekord. Eng yaqin ta’qibchi «Barselona» hisobida 3ta chempionlik bor.

Klublar o‘rtasidagi JCh. Final
Real — Al Hilol 5:3

11 fevral, «Mulaya Abdulla»
Gollar: Vinisius (13, 69), Valverde (18, 58), Benzema (54) — Marega (26), Vetto (63, 79).
Real – Lunin, Karvaxal (Valexo, 79), Alaba, Ryudiger, Kamavinga, Modrich (Nacho, 74), Kroos (Asensio, 74), Tchuameni (Sebalos, 62), Valverde, Benzema (Rodrigo, 62), Vinisius.
Al Hilol – Al Mayuf, Abdulhamid, Chjan Hyon Su, Al-Bulayxi, Xalifa Ad Dovsari, Karrilo (Maykl Richard, 75), Kuelyar, Salim Ad Dosari (Nosir Ad Dovsari, 75), Kanno, Vetto (Al Hamdan, 87), Marega (Igalo, 86).

Mavzuga oid