Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyev: Rossiya ukrainaliklarni Dnipro suvidan mahrum qilmoqchi
Rossiya kuchlari Dniprodan suv olayotgan ukrainaliklarga suv yetkazib berishni to‘xtatish maqsadida Kaxovska suv omboridan suvni to‘kib tashlamoqda, deb ma’lum qildi Ukraina bosh vaziri Denis Shmihal hukumat yig‘ilishida.
«Bugun Rossiya Ukrainadagi yashash sharoitini chidab bo‘lmas holga keltirmoqchi. Endi rossiyaliklar ukrainaliklarni suv ta’minotidan mahrum qilmoqchi. Rossiyaliklar Kaxovska GES shlyuzlarini atayin shikastlagani va ochib qo‘ygani tufayli har kuni minglab kubometr suvni yo‘qotyapmiz. Buning oqibatida aynan Dniprodan suv olgan 70 foiz aholi punktlari ichimlik suvisiz qolishi mumkin», - deydi Ukraina hukumati rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, suv omboridagi suv sathining pasayishi Zaporijjya AES xavfsizligiga ham tahdid soladi, chunki bu Zaporijjya AES sovitish tizimlarining noto‘g‘ri ishlashiga olib kelishi mumkin.
«Ukraina Rossiyaga bosim o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi, shunda u Kaxovska GESdagi gidrotexnika inshootlarini tiklaydi yoki ukrainalik mutaxassislarga buni amalga oshirishga imkon beradi», dedi Shmihal.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025