Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qohirada O‘zbekiston-Misr ishbilarmonlari kengashi birinchi yig‘ilishi o‘tkaziladi
O‘zbekiston diplomatiya vakolatxonasi ko‘magida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari va Misr ishbilarmonlar uyushmasi ijrochi direktori Muhammad Yusuf o‘rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Suhbat avvalida O‘zbekiston-Misr biznes-forumida ishtirok etadigan ishbilarmonlar va ularning faoliyat yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Misr tomoni ushbu tadbirda 100 nafargacha misrlik ishbilarmonlarni jalb etishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi.
Biznes-forum doirasida V2V uchrashuvlarini tashkil etish o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olish uchun qulay imkoniyat yaratishi alohida ta’kidlandi.
Muhammad Yusuf O‘zbekiston-Misr ishbilarmonlari kengashini tashkil etish va uning birinchi yig‘ilishini Qohira shahrida o‘tkazish taklifini bildirdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Misr ishbilarmonlari kengashi o‘rtasidagi O‘zbek-Misr ishbilarmonlari kengashini tuzish to‘g‘risida bitim loyihasi ko‘rib chiqildi va imzolash uchun tasdiqlandi.
Mavzuga oid
14:56 / 22.05.2025
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
19:47 / 13.05.2025
Misrda 5 nafar o‘zbekistonlik mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgani uchun ushlandi
02:18 / 10.05.2025