Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada qariyb 10 kun vayrona ostida qolgan keksalar qutqarildi
Ular shifoxonaga yotqizildi.
Turkiyaning Qahramonmarash shahrida 74 yoshli Jamila Kekech zilziladan 227 soat o‘tgach qutqarib olindi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.
U qariyb 10 kun davomida Dulqodiro‘g‘li tumanining Pinarboshi mahallasidagi olti qavatli turar joy binosi vayronalari ostida yotgan. Shifokorlarning birinchi yordamidan so‘ng ayol shifoxonaga yotqizilgan.
Shuningdek, Odiyomon viloyatida zilziladan 212 soat o‘tib, vayronalar ostidan 77 yoshli ayol tirik holda topilgan. Fotma Gungo‘r viloyat markazida qulagan bino vayronalari ostidan qutqarib olingan. U ham vayronalar ostida qariyb 10 kun qolib ketgan. Hozirda ayol shifoxonaga yotqizilgan.
15 fevral holatiga Turkiyadagi dahshatli zilzila qurbonlari soni 35 ming kishidan oshdi.
Vayronkor zilzila qo‘shni mamlakatlarda, jumladan Suriyada ham yuz berdi. Livan, Kipr, Gretsiya va Iroqda ham sezildi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025