WP: AQShda urib tushirilgan shar Xitoyning Xaynan provinsiyasidan uchirilgan
Amerikaliklar bu obektni bir hafta davomida kuzatib borishdi. Tahlilchilar havo shari tasodifan AQSh havo hududiga kirib qolgan bo‘lishi mumkinligini istisno qilmayapti, deb yozadi The Washington Post (WP).
AQSh harbiylari urib tushirilgan Xitoy havo shari yo‘nalishini u uchirilganidan beri kuzatib borgan, deb yozadi The Washington Post (WP) 15 fevral, chorshanba kuni o‘zini tanishtirmaslikni so‘ragan bir necha AQSh rasmiylariga tayanib. Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, havo shari yanvar oyi oxirida AQSh havo hududiga kirishidan oldin taxminan bir hafta davomida kuzatilgan. Havo shari Xitoy janubidagi Xaynan orolidagi bazadan havoga ko‘tarilgan.
Manbalarning ta’kidlashicha, dastlab obekt AQShning bir necha harbiy bazalari joylashgan Guam oroliga qarab ketayotgandek bo‘lgan, ammo keyin birdan shimolga qarab harakatlangan. Keyinroq u Aleut orollari ustidan uchib o‘tib, Kanada ustidan parvoz qilgan hamda u yerdan kuchli shamol ta’sirida AQSh havo hududiga kirib qolgan. WP nashriga ko‘ra, tahlilchilar Xitoy o‘zining «razvedka apparati» bilan AQSh qit’a hududiga ataylab tasodifan kirib qolgan bo‘lishi mumkinligini istisno qilmayapti.
AQSh harbiy samolyoti 4 fevral kuni Janubiy Karolina qirg‘oqlarida Xitoy havo sharini urib tushirdi. Xitoy AQShning josuslik haqidagi ayblovlarini rad etib, «tadqiqot shari fors-major holatlari tufayli yo‘nalishidan chetga chiqib ketgan», deb bayonot berdi. Havo shari bilan bog‘liq hodisa AQSh va Xitoy o‘rtasidagi keskinlashgan munosabatlarni yanada kuchaytirdi.
Mavzuga oid
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:42 / 11.11.2024