Jahon | 14:45 / 15.02.2023
3632
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqi Rossiya va Eronga nisbatan savdo cheklovlarini kuchaytiradi

Foto: AP

Sanksiyalarning 10-paketi Rossiyaga qarshi savdo cheklovlarini kengaytiradi va Rossiya Federatsiyasiga elektronika hamda elektron butlovchi qismlar yetkazib berish uchun 11 milliard yevro miqdorida jarimalar qo‘llaydi, deya ma’lum qildi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Twitter’da. 

«Rossiya Eronda ishlab chiqarilgan yuzlab dronlardan foydalanadi», deyiladi hisobotda, shu sababli Yevropa komissiyasi «Eron kompaniyalariga nisbatan savdo cheklovlarini kengaytirishni taklif qilmoqda».

«Biz ilk bor Eron kompaniyalari va tashkilotlariga, jumladan, «Rossiyaning Ukrainaga qarshi agressiyasiga aloqador bo‘lgan Islom inqilobi muhofizlari korpusi bilan aloqador bo‘lganlarga» sanksiya joriy qilishni taklif qilmoqdamiz», — dedi fon der Lyayyen Yevropa parlamentida nutq so‘zlab.

Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya Federatsiyasining 199 fuqarosi, shuningdek, bir ukrainalikka qarshi sanksiyalar joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 

Ukrainaning qora ro‘yxatiga «Rosenergoatom» kompaniyasi rahbari Andrey Petrov, «Rosatom» davlat korporatsiyasi rahbari o‘rinbosari Yuriy Yakovlev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tashqi siyosat bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakovlar kiritilgan. 

Yagona ukrainalik - rus qo‘shinlari tomonidan qo‘lga olingan, ruslar tomoniga o‘tgan va noyabr oyida ular tomonidan Zaporijjya AES direktori etib tayinlangan Zaporijjya AES bosh muhandisi o‘rinbosari Yuriy Chernichuk.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid