Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «svet» ko‘p o‘chadigan tumanlar elektr tizimida audit o‘tkaziladi
Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi Baxtiyor Rahmonov Rossiyaning Mering Engineering kompaniyasi bosh direktori Mixail Nagaytsev boshchiligidagi mutasaddilar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Toshkentdagi elektr tarmoqlari tizimida energo audit o‘tkazish masalasi muhokama etildi.
Baxtiyor Rahmonov 2022-2023 yilning qishi, ayniqsa, yanvar oyida kuzatilgan anomal sovuq kommunal tizimlarda qator muammolarni keltirib chiqarganini aytib, mintaqada qish sovuq kelishi qatori yoz juda issiq bo‘lishiga e’tibor qaratdi.
Shuningdek, kommunal tizimlar noqulay ob-havo sharoitida uzilishlarsiz ishlashga tayyor bo‘lishi muhimligini ta’kidlab, bu borada tizimli ishlar olib borilayotgani, ba’zi joylarga qo‘shimcha gaz quvurlari tortish, qo‘shimcha nimstansiyalarni qurish va elektr kabellarini tortish rejalashtirilganini aytib o‘tdi.
Mering engineering’ning energo audit bo‘yicha katta tajribasini ta’kidlab, avvalo, poytaxt elektr energiyasi ta’minotida ko‘p uzilishlar kuzatilgan Chilonzor, Uchtepa va Shayxontohur tumanlaridagi elektr tizimida energo audit o‘tkazishda, shu yo‘nalishdagi boshqa ishlarda hamkorlik yuzasidan taklif bildirdi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
08:52 / 27.05.2025
1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan muzlatkich ombori aniqlandi
11:16 / 24.05.2025