Jahon | 00:25 / 17.02.2023
15345
1 daqiqa o‘qiladi

Viktor Medvedchuk Moskvada yashayotgani ma’lum bo‘ldi

Foto: TASS

Putinning Ukrainadagi odami ekani aytilgan va o‘tgan yil 12 aprel kuni qo‘lga olingan ukrainalik rossiyaparast siyosatchi Viktor Medvedchuk Moskvada yashayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda uning o‘zi «Birinchi kanal»ga bergan intervyusida aytdi.

«Avvallari Moskvaga turli sabablar bilan odatda bir kunga kelardim. Ertalab kelib, kechasi qaytardim. Hozir esa doimiy Moskvada yashayapman», degan Medvedchuk.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainadagi odami ekani aytiladigan Viktor Medvedchuk 2022 yil 21 sentabr kuni asirlar almushinuvi doirasida Mariupol himoyachilari bo‘lgan «Azov» polkining 5 nafar qo‘mondoniga almashilgandi. Turk nashrlari bu almashuv Rossiya tomonining tashabbusi bilan amalga oshirilgani haqida yozgandi.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid