Bloger Abror Abduazimov jarimaga tortildi
Tarmoqlarda Abror Muxtor Ali nomi bilan tanilgan fuqaro – Abror Abduazimov jurnalist Nikita Makarenkoning qadr-qimmatini kamsitishga olib keladigan yolg‘on ma’lumotlarni tarqatishda aybdor deb topilib, jarimaga tortildi.
16 fevral kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida Abror Muxtor Ali nomi bilan tanilgan fuqaro Abror Abduazimovga nisbatan mustaqil jurnalist Nikita Makarenko tomonidan berilgan ariza yuzasidan sud jarayoni bo‘lib o‘tdi.
Makarenkoning xabar berishicha, o‘z arizasida unga nisbatan ishonchsiz, tuhmat va haqoratomuz xabarlar tarqatilishi yuzasidan chora ko‘rishni so‘ragan.
«Sudya ishni har tomonlama ko‘rib chiqib, fuqaro Abror Abduazimovni O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 202-2-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan harakat – shaxs qadr-qimmatini kamsitishga yoki uni obro‘sizlantirishga olib keladigan yolg‘on ma’lumotlarni tarqatishda aybdor deb topdi. Sudya jarima ko‘rinishida jazo tayinladi», deb yozgan Makarenko.
Uning qo‘shimcha qilishicha, sudya haqoratli so‘zlar mavjudligi sababli ishni jinoyat ishi tarkibiga o‘zgartirish to‘g‘risidagi iltimosnomani qanoatlantirmagan.
2022 yil dekabr oyida Nikita Makarenko Abror Muxtor Ali nomi bilan tanilgan fuqaro unga nisbatan tuhmatni o‘z ichiga olgan hamda «Photoshop» dasturida soxtalashtirilgan xabarlarni e’lon qilganini bildirgan edi. Jurnalist holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilgan.
Ma’lumot uchun, MJtKning 202-2-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan bu turdagi huquqbuzarlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida (15 mln so‘m) jarima jazosi belgilangan.
Mavzuga oid
15:20 / 02.09.2024
Eronda tviti oyatullohning postidan ko‘proq layk olgan bloger 12 yilga qamaldi
10:37 / 10.08.2024
Putin blogerlarga Roskomnadzorga o‘zi haqida xabar berish majburiyatini yukladi
20:06 / 07.08.2024
Rossiyada sobiq harbiy xizmatchi Qurolli kuchlarni tanqid qilgani uchun qamoqqa olindi
08:01 / 30.07.2024