Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Misrga boradi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misr Arab respublikasi prezidenti Abdulfattoh As-Sisining taklifiga binoan 20-21 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston-Misr munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarining keng doirasi o‘rin olgan.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalarida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratiladi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
Sammit yakunida Qo‘shma bayonot qabul qilinishi va qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Tashrif doirasida O‘zbekiston rahbari Misrning yetakchi kompaniyalari rahbarlari va ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Mavzuga oid
14:56 / 22.05.2025
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
19:47 / 13.05.2025
Misrda 5 nafar o‘zbekistonlik mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgani uchun ushlandi
02:18 / 10.05.2025