Baxmutdagi ukrain askarlari va Donbassdan evakuatsiya. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 362-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- AQSh prezident Jo Bayden urush boshidan buyon ilk bor Kiyevga tashrif buyurdi. U Volodimir Zelenskiy bilan uchrashdi hamda Ukraina uchun yangi harbiy yordam paketi haqida e’lon qildi.
- Rossiyalik muxolif siyosatchi, ayni vaqtda qamoqda jazo muddatini o‘tayotgan Aleksey Navalniy 15 punktdan iborat siyosiy dasturini e’lon qildi. Ular qatorida — Ukrainaning 1991 yilgi chegaralariga qaytishi (ya’ni Qrimni ham qaytarib olishi), Putin diktaturasini «demontaj» qilish hamda Rossiyada parlament respublikasini o‘rnatish rejalari o‘rin olgan.
- Kursk oblastida yong‘in oqibatida olti nafar muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan askar halok bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ulardan biri blindajni isitishda foydalaniladigan pechka ustiga benzin sepib yuborgan.
- Rossiyada Ukrainaga borishdan bosh tortgan harbiy shifokorga qarshi jinoiy ish ochildi. Denis Vasilev Shimoliy flot harbiy qismlaridan biriga yuborilgan, bo‘shash uchun raport bergan, ammo safarbarlik tufayli bo‘shashga ulgurmagan. Harbiy harakatlarda ishtirok etishdan bosh tortganlik uchun unga uch yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tahdid solmoqda.
Kunning asosiy voqeasi. Jo Bayden Kiyevga keldi
20 fevral kuni Jo Bayden ilk bor Kiyevga keldi. Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuvda AQSh prezidenti Ukrainaga 500 million dollarlik yangi harbiy yordam paketi ajratilishini, shuningdek Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llanishini va’da qildi. U bir yil muqaddam «dunyo tom ma’noda Kiyevning qulashiga va hatto Ukraina yo‘q bo‘lishiga tayyor turgani»ni esladi. «Ammo bir yil o‘tib ham Kiyev bardosh bermoqda, Ukraina bardosh bermoqda va demokratiya ham», dedi Bayden.
Zelenskiy uning amerikaliklar prezidenti bilan muzokaralari «Ukrainani g‘alabaga yaqinlashtirishi» va «hududlarni ozod etishda jang maydonlaridagi vaziyatga ta’sir ko‘rsatishi kerakligini»ni qayd etdi. Zelenskiy Ukraina tez orada AQSh va dunyoning boshqa vakillari ko‘magi tufayli «tarixiy yutuqqa erishishi»ni ma’lum qildi.
Baxmutdagi ukrain askarlari
Baxmut uchun janglar davom etmoqda. Ukraina davlat chegara xizmatiga ko‘ra, o‘tgan kun davomida chegarachilar RF qo‘shinlarining olti hujumini qaytargan va Ukraina qurolli kuchlari bilan birgalikda shaharga kirish qismida «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi yollanma jangchilari otryadini yo‘q qilgan. Rossiya tomoni bu ma’lumotga izoh bermadi.
Donbassda evakuatsiya
Kupyansk o‘qqa tutilishi oqibatlari
20 fevral kuni kechqurun Rossiya qo‘shini Kupyanskni o‘qqa tutdi — bu Xarkiv oblastining Luhansk oblasti bilan chegarasiga yaqin joylashgan shahar. Xarkiv harbiy garnizoni rahbari Sergey Melnik zarbalar S-300 tizimi raketalari bilan berilganini ma’lum qildi — hozircha vayrongarchiliklar va jabrlanganlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot kelib tushmagan.
Rossiya qo‘shini Kupyanskni 2022 yil 27 fevralida okkupatsiya qilgan — bu keng ko‘lamli bosqinning uchinchi kunida ro‘y bergandi. Ukraina qurolli kuchlari shaharni 9 sentabr kuni, Xarkiv oblastidagi qarshi hujum davomida ozod etgandi. Quyida Kupyanskning bugungi kundagi manzaralari.
Mavzuga oid
13:12
Kursk oblastida yashovchi 46 kishi Ukrainadan qaytib keldi
11:31
AFP: Ukraina Kursk oblastidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
07:54
Ukraina Jahon bankidan deyarli 5 mlrd dollar oladi
20:12 / 22.11.2024