Jahon | 11:39 / 21.02.2023
7993
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqi Armanistonda fuqarolik missiyasini boshladi

Yevropa Ittifoqining Armanistonning chegaradosh viloyatlarida ikki yillik fuqarolik missiyasi ishga tushirildi. U 100 kishidan iborat bo‘lib, ulardan 50 nafari kuzatuvchi. Missiya Qorabog‘ mojarosidan jabr ko‘rgan hududlardagi vaziyatni barqarorlashtirishga chaqirilgan.

Foto: APA

Yevropa Ittifoqining Armanistondagi fuqarolik missiyasi (EUMA) 20 fevral, dushanba kuni rasman ish boshladi. Uning xodimlarining umumiy soni, Bryusselda ta’kidlanganidek, taxminan 100 kishi, shu jumladan 50 ga yaqin qurolsiz kuzatuvchilar bo‘ladi. Yevropa Ittifoqi Kengashi bayonotida aytilishicha, EUMA neytral va ijro funksiyalariga ega bo‘lmagan missiyadir.

U Armanistonning chegaradosh hududlarida barqarorlikni ta’minlash, Qorabog‘ mojarosidan jabr ko‘rgan hududlarda ishonch va xavfsizlikni mustahkamlash, shuningdek, Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirishga hissa qo‘shish maqsadida ikki yilga mo‘ljallangan.

EUMA operativ shtabi Vayotsdzor viloyatining Yexegnadzor shahrida joylashgan. Missiya faqat Armaniston hududida ishlaydi. Yevropa Ittifoqi tashqi harakatlar xizmatining fuqarolik rejalashtirish bo‘yicha direktori Stefano Tomat fuqarolik operatsiyalari qo‘mondoni vazifasini bajaradi, Shtutgartdagi Germaniya Federal politsiya boshqarmasi sobiq rahbari Markus Ritter esa Missiya rahbari etib tayinlandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid